Hakim mulla mir xonaqohi

Ma’nosi

Hakim mulla mir xonaqohi — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi me’moriy yodgorlik (16-asr). Xalq orasida “Hazrati Eshon” nomi bilan mashhur bo’lgan Shayxulislom Amir Husayn mulla Mir tomonidan qurilgan; bosh peshtoq oldidagi qabrtoshiga uning ismi va vafot etgan sana (1587) o’yib yozilgan. Xonaqoh to’rtburchak tarhli (17,5×21,5 metr, balandligi 20 metr), peshtoq-gumbazli (3 tomoni peshtoqli), Markaziy gumbazli jamoatxona (tarhi 8,5×8,5 metr) hamda burchaklardagi xona (hujra)lardan iborat. Bino 2 qavatli, asosiy tarzi ulug’vor, 2 yoniga guldastalar ishlagan. Gumbaz 8 qirrali poygumbazga o’rnatilgan, poygumbazda ravoqli darchalar bor; gumbaz osti ravoqli bag’allaridagi iroqi muqarnaslar kosalari zangori, qizil ranglar bilan pardozlangan. Guldastalar ichidagi aylanma zina orqali ravoqli qafasaga chiqiladi (qafasadagi bir ochiq ravoq orqali xonaqoh tomiga o’tish mumkin).

O‘xshash so‘zlar

H harfi: barcha so‘zlar