Bizni o’rab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida bo’lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. O’z hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, adog’i ham yo’q.
Ko’pchilik munajjimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd. yil muqaddam sodir bo’lgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar “Katta Zarba” deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, o’sha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi.
Koinotning chek-chegarasi bo’lmasa kerak. Boz ustiga, u tobora kengaymoqda, ya’ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, ya’ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, yulduzlar va quyosh sistemalari o’z o’rnini o’zgartirib, barcha yo’nalishlar bo’yicha markazdan uzoqlashib bormoqda. Hatto eng zamonaviy astronomik vositalarning ham butun Koinotni qamrab olishga kuchi yetmaydi. Vaholanki, ular bizdan 2 milliard yorug’lik yili uzoqligida bo’lgan yulduzlar nurini ham ilg’ash quvvatiga ega. Balkim, o’sha yulduzlar so’nib ketgan bo’lishi mumkin, lekin teleskop ularni ko’radi (sababi, ularning shu’lasi Yerga yetib kelgunga qadar milliardlarb yillar o’tadi). Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning ko’lamini yorug’lik yillari bilan o’lchashga majbur bo’lishadi. Yorug’lik yili yorug’lik bir yil davomida bosib o’tadigan masofani anglatadi. Yorug’lik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorug’lik yili 9 500 000 million kilometrga teng.
Koinot — bu makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha million marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning Koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, Koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat Koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan.
Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, Koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan.