Qutlug’ Nigorxonim
Qutlug’ Nigorxonim (? – 1505/ 1506) — Farg’ona viloyati hukmdori Umarshayx Mirzoning to’ng’ich xotini. Qn.ning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-o’g’li Chig’atoyxon naslidan bo’lgan, onasi eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz ko’rgan. Qutlug’ Nigorxonim o’rtancha qiz bo’lgan. Qutlug’ Nigorxonim Umarshayx Mirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim) va bir o’g’il (Zahiriddin Muhammad Bobur) ko’rgan. Dono, oqila, mehribon va vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saqlab qolish maqsadidagi harakatlarida madadkor bo’lgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik qilgan. Bobur Kobulni qo’lga kiritgandan so’ng, 5-6 oy o’tgach, Qutlug’ Nigorxonim ich terlama kasaliga chalinadi va dunyodan ko’z yumadi. U Ulug’bek tomonidan qurilgan bog’i Navro’ziyda dafn etilgan. Ad.: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1989.