Qutlug’ Temur
Qutlug’ Temur (14-asr) – Oltin O’rdadagi nufuzli amirlaridan. O’zbekxonning xolavachchasi va eng buyuk amiri, O’zbekxonning Xorazmdagi voliysi (1321 yildan). Qutlug’ Temurning o’g’li Horunek O’zbekxonning qiziga uylangan. Qutlug’ Temurning zavjasi To’rabeka-xotun (To’rabekaxonim) bo’lgan. Ibn Xaldunning yozishicha, Qutlug’ Temur 1321 yil Qrim viloyati noibligidan olinib, Xorazmga yuborilgan. 1328 yil yana Qrimga noib etib tayinlangan. 1338 yil boshlarida Xorazmda bo’lgan sayyoh Ibn Battuta Urganchda Qutlug’ Temur saroyida qabul qilingan. Qutlug’ Temur Qrim va Xorazmda ko’plab quduq, Sardoba, madrasa, masjid, minora, saroylar bunyod etgan.