Qosimov Sa’dulla Rashidovich
Qosimov Sa’dulla Rashidovich (1901, Toshkent – 1930) – 1922 yildan sudlov tizimida faoliyat ko’rsatgan. Toshkent viloyati sudi (1925 — 26). so’ngra O’zbekiston SSR Oliy sudining Raisi (1926 yil iyun — 1929 yil mart). O’z faoliyati davomida markazning shovinistik siyosatiga qarshi chiqqanligi sho’ro hukumatiga yoqmagan. Lavozimidan bo’shatilib, qamoqqa olingan (1929 yil bahori). Samarqan (1930 yil mart — iyun)da bo’lib o’tgan sud jarayonida (sud raisi M.I.Vasilev-Yujin, qoralovchi R.P.Katanyan) Qosimov va uning tarafdorlari (7 kishi) “burjua mildatchilari” sifatida, “bosmachilar”ni qo’llab quvvatlaganlikda ayblangan. Ularga “Qosimovchilik” tamg’asi bosilgan. SSSR Oliy sudi jinoyat-sudlov kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga ko’ra, Qosimov otib tashlangan.