ASSO

ASSO — Turfon vodiysi (hozirgi XXR hududi) dagi qadimgi shahar xarobalaridan biri; rus sayyohlari G. E. Grumm Grjimaylo va D. A. Klementslarning ko’rsatishicha, Asso daryo sohilida joylashgan, keyinchalik shaharning ko’p qismi qum ostida qolib ketgan, faqat shahar o’rdasining xarobalarigina saqlanib qolgan. U tevarak-atrofi qalin devor bilan o’ralgan to’rtburchakli qal’aga o’xshaydi. O’rdaning asosiy qismi bir necha qavat, tepasi gumbaz shaklida. O’rdaning ichi (hovlisi)da qurbonlik qilinadigan supacha saqlangan. Uy-imoratlarning qurilish usuli Buxorodagi Varaxsha xarobalariga o’xshab ketadi. Asso va Turfon vodiysidagi boshqa xarobalar uyg’ur idiqutparining davriga oid bo’lib, mo’g’ullar hukmronligi davrida ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Faqat Chig’atoy xonlarining hukmroiligi davridagina (14— 16-asrlar) Sharqiy Turkiston shaharlari tushkunlikka uchrab, xarobaga aylandi.