Quymuch

Quymuch — odamda yon-bosh suyagining Quymuch kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi; tanasi va undan pastga davom etgan yuqori butog’i bor. Ana shu butoq burchak shaklida pastki butoqqa o’tadi; Quymuch suyagi ikkala butog’ining o’zaro Birlashgan joyi kengayib yo’g’onlashgan Quymuch do’mbog’ini hosil qiladi. Quymuch suyagi tanasining orqa tomonidagi o’tkir uchli o’siq bilan Quymuch do’mbog’i orasida q.ning kichkina o’ymasi joylashgan. Quymuch hamda qov suyaklarining butoqlari o’zaro bir-biri bilan qo’shilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshikni vujudga keltiradi.