Oqqo’rg’on

Oqqo’rg’on — Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanidagi shahar (1980 yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — kuchlik (16 kilometr). Oqqo’rg’ondan Toshkent shahrigacha 59 kilometr. Aholisi 10,8 ming kishi (2000), asosan, o’zbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tojik, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oqqo’rg’onda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, MTP, non kombinati, avtokorxona, qurilish tashkilotlari bor. Umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji, maxsus internat maktabi, Markaziy kutubxona, klublar, o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Suzish havzasi, stadion, tennis korti, kasalxona, dorixonalar mavjud.