Oftobi
Oftobi — mayiz solish usuli, uzumni ishlov bermasdan, bevosita oftobda quritish. Bu usul uzumchilikda tarqalgan bo’lib, asosan, oq kishmish va kora kishmish uzum navlari quritiladi. Uzum boshlari uzib olingach, xillanadi va taxta patnislar; bo’yra yoki somon suvoq qilingan joyga bir tekis qilib yoyiladi. Oradan 7-8 kun o’tgach, g’ujumlarning ust qismi so’lib, bir oz qorayadi. Shunda uzum boshlar ag’darib qo’yiladi va quriguncha shu holda turadi. Quritish 15-20 kun davom etadi. Namligi 18% dan oshmaydigan qurigan mayiz shingil bandlari, xas-cho’plaridan tozalanib, idishlarga joylanadi.