Ostonalar
Ostonalar, Ostona toshlar daryo o’zanining ko’tarilgan sayoz joylari. Bunday joylarda suv tez oqadi. Ostonalar, odatda, daryo qoyalarni yoki qattiq jinslarni kesib o’tgan joylarda yoki o’zanda katta g’o’la tosh (valun)lar to’planib qolgan erlarda paydo bo’ladi. Ba’zan sharsharalarda ham Ostonalar uchraydi. Ostonalar etagiga GESlar (masalan, Dnepr ostonasida Dneproges, Volxov ostonasida Volxovstroy) quriladi. Ostonalar ko’pincha kema qatnoviga va yog’och oqizishga xalaqit beradi.