ASTARA
ASTARA — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1945 yildan). Kaspiy dengizi bo’yida, Astara daryosi quyilish joyida (Eron bilan bo’lgan chegarada). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 15 ming kishi atrofida (1999). Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Astara subtropik (choy, tsitrus mevalar) o’simliklar xo’jaligi rayoni markazi. Baliq ovlanadi.