Oltiariqsoy
Oltiariqsoy — Farg’ona viloyatidagi soy. Shohimardonsoyning chap tarmog’i. Uzunligi 30 kilometr. Vodil qishlog’i yonida Shohimardonsoydan ajralib chiqib, g’arbiy yo’nalishda adirlar ortidagi tekislik bo’ylab oqadi. Yo’l-yo’lakay chimyon va Xonqiz qishloqlaridan bir qancha buloqlar suvi kelib qo’shiladi. O’rtacha yillik suv sarfi 1,2 m3/sek. Farg’ona va Oltiariq tumanlarining ekin maydonlarini sug’oradi.