Orjonikidze cho’qqisi
Orjonikidze cho’qqisi -Tojikiston (Pomir)dagi tog’cho’qqisi. Balandligi 6346 metr. Somoniyon cho’qqisidan Sharqda, Fanlar Akademiyasi tizmasi Sharqiy tarmog’i qirrasida joylashgan. Yon bag’irlarida qor va firn maydonlari bor. G. K. Orjonikidze nomiga qo’yilgan. Cho’qqiga ilk bor 1937 yilda, Pomir ekspeditsiyasi ishtirokchilari O. D. Aristov, V. M. Kirkorov va N. A. Gusaklar chiqqan.