Oriya, utkali
Oriya, utkali — Hindistondagi xalq. Orissa shtatining asosiy aholisi (32,2 million kishi, 1990-yillar o’rtalari). 50 ming kishiga yaqini Bangladeshda yashaydi. Oriya tilida so’zlashadi. Dindorlari hinduizmga e’tiqod qiladi. Qadimgi manbalarda Oriyalar sanskritcha Odra va utkala nomi bilan tilga olingan. Oriyalar Odra Desha (Odra xalqi mamlakati) yoki utkala Desha (utkala xalqi mamlakati) deb ham atalgan. Oriyalar ajdodlari hozirgi Orissa hududida miloddan avvalgi 1-ming yilliqda paydo bo’lib, oriplarning Hindistonga tarqalish davriga to’g’ri keladi. 1956 yilda o’z mustaqil shtatlariga ega. Dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar.