Ortiqov Abdurahmon
Ortiqov Abdurahmon (1918.15.12, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), falsafa fanlari doktori (1967), professor (1968). 1945-50 yillarda O’rta Osiyo universitetida katta o’qituvchi, ayni vaqtda “qizil O’zbekiston” gazetasida bo’lim mudiri. Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida katta o’qituvchi, dotsent (1950-56). 1956-2003 yillarda Toshkent politexnika instituti (ToshTU)da falsafa kafedrasi mudiri, professor. Ilmiy ishlari din tarixi va hurfikrlilik, axloq, ijtimoiy falsafa mavzulariga bag’ishlangan. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1994).