Oqtosh

Oqtosh — Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanidagi shaharcha (1974 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — To’raqo’rg’on. Aholisi 6 ming kishiga yaqin (2003). Oqtoshda paxta tozalash zavodi, gugurt fabrikasi, neft bazasi, tuman “Dehqonmashta’minot” aktsiyadorlik jamiyati, MTP, qishloq qurilish konstruktsiyalari kombinati, ko’chma mexanizatsiyalashgan kolonna, “Agrokimyota’minot” aktsiyadorlik jamiyati, gaz to’ldirish stansiyasi, Sohilobod shirkat xo’jaligi, tumanlararo ulgurji chakana savdo ishlab chiqarish aktsiyadorlik bazasi, 3 umumiy ta’lim maktabi, ixtisoslashtirilgan internat litseyi, 2 qishloq vrachlik punkti bor.