Oqbuloq

Oqbuloq — Toshkent viloyatidagi soy. Chatqol daryosining eng yirik irmog’i. Chatqol tizmasining suvayirg’ich qismidagi (3477 metr) kichik tog’ ko’lidan boshlanadi. Uzunligi 40 kilometr, havzasining maydoni 818 km2. Yuqori oqimida vodiysi kengroq, quyi oqimida vodiysi juda tor, yon bag’irlari tik. Qor va yomg’irdan to’yinadi. Umumiy uzunligi 135 kilometr bo’lgan 85 ta irmog’i bor. Eng yiriklari Toshkeskansoy, Qo’shmonsoy, Sargardonsoy, Qorarchasoy.