Oqbo’yra

Oqbo’yra — Farg’ona vodiysining Janubi-sharqidagi daryo. Kichik olay tizmasining suvayirg’ich qismidan boshlanadi. Uzunligi 70 kilometr. Havzasining maydoni 2676 km2. O’sh shahridan shimolda tarmoqlarga ajraladi. Tekislikka chiqquncha 60 kilometr masofada chuqur darada oqadi. Qor va muz suvidan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 21,1 m3/sekund, oqim moduli 7,9 l/sekund km2. Iyun — iyul oylarida yillik suvining 16,6—17,7% oqib o’tadi. Oqbo’yradan O’sh viloyati tumanlari va Andijon viloyatining Xo’jaobod tumani yerlari sug’oriladi.