Organik modda
Organik modda – 1) kimyoda-organik birikma, ya’ni uglerodning boshqa elementlar bilan birikishidan hosil bo’lgan birikma; 2) geologiyada — tabiiy organik birikmalarning murakkab aralashmasi; tuproq, dengiz va ko’l cho’kindilari, cho’kindi tog’jinslari, shuningdek, yer usti va yer osti suvlari tarkibida bir oz miqdorda bo’ladi. Organik moddaning bosh manbai, asosan, o’simliklardir. Organik moddaning gumus, sapropel va liptobolit xillari bor. Cho’kindi jinslarda o’rta hisobda 15-20 kg/m3 chamasida bo’ladi. Ko’mir va yonuvchi slaneslarning asosiy massasini tashkil etadi; neft va yonuvchi gazlarning manbai deb hisoblanadi.