Oran

Oran — Jazoirning shimoliy-g’arbiy qismidagi shahar. Oran viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 650 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Yirik transport va savdo-sanoat markazi. Port (chetga vino, alfa o’simligi va boshqa qishloq xo’jalik xom ashyosi chiqaradi). Oziq-ovqat, metallsozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Universitet, Islom san’ati muzeyi bor. Shaharga 10-asrda asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan qadimgi qal’a qoldiqlari, masjid (18-asr) saqlangan.