Omnibus

Omnibus (lotincha omnibus — hamma uchun) — ko’p o’rinli ot-arava; jamoat transportining dastlabki turi; Avtobusning o’tmishdoshi. Nechta yo’lovchi tashishiga qarab, unga 2, 4, hatto 6 ot qo’shilgan. Dastlab (1662 yil) Parijda paydo bo’lgan, keyinchalik boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Shaharlar ichida va shaharlar orasida qatnagan. Ichki yonuv dvigateli paydo bo’lganidan so’ng (1860) asta-sekin o’z ahamiyatini yo’qota borgan. Ba’zi Yevropa mamlakatlarida 20-asr boshlarigacha qo’llanilgan. Hozir Omnibus o’rnini avtobus butunlay egallagan.