Olovbardoshlik

Olovbardoshlik — metallarning 1000° dan ham yuqori temperaturada havo yoki boshqa gazsimon muhit ta’sirida kimyoviy yemirilishga chidamlilik xususiyati. Oksidlaydigan atmosferada metall (krtishma) ning Olovbardoshlik xossasi metall sirtida oksid — kuyindi qatlami (metall ichida gaz diffuziyasini qiyinlashtiradigan qatlam) hosil bo’lishiga bog’liq. Olovbardoshlik metallning kislorod yutishi hisobiga metallning massasi ortishi yoki uning sirtidan kuyindi yo’qolishi natijasida massasi kamayishi bilan ifodalanadi. Olovbardoshlik materialni yuqori temperaturali sharoitda ishlatish mumkinligini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi.