Olmazor
Olmazor (1963 yilgacha — Vrevskiy) — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shaharcha (1937 yildan). Chirchiqdaryosining o’ng sohilida. Toshkentdan 50 kilometr Janubi- g’arbda. Toshkent — Sirdaryo temir yo’ldagi stantsiya. Aholisi 9,1 ming kishidan ziyod (2003). Olmazorda 13 tashkilot va korxona bor, shulardan, qurilish materiallari kombinati, g’isht zavodi, mebel fabrikasi va boshqalar faoliyat ko’rsatadi. 2 umumiy ta’lim maktabi, 2 kutubxona, klub, kasalxona, 3 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud.