Kasai

Kasai (quyi oqimida kVA) — Markaziy Afrikadagi daryo, Angola va Kongo demokratik Respublikasi hududida. Kongo daryosining yirik chap irmog’i. Uzunligi 2000 kilometr, havzasining maydoni 880,2 ming km2. Lunda platosidan boshlanib, uning shimoliy yon bag’irlari bo’ylab ostona va sharsharalar hosil qilib, Kongo botig’iga oqib tushadi. Quyi oqimida ko’lga o’xshash shakllarni hosil qilgan. Yirik irmoqlari: o’ngdan — lulua, Sankuru, fimi; chapdan — Kvango. Sentabr— oktabrdan aprelgacha to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi 10 ming m3/sekund. Baliq ovlanadi. Quyilish joyidan boshlab 790 kilometr masofada kema qatnaydi. Yirik pristani — Ilebo. Kasai havzasida yirik olmos konlari bor.