Kanareyka

Kanareyka (Serinus canaria) — chumchuqsimonlar turkumining vyuro- klar (yuroklar) oilasiga mansub qush. Kanareykani ispanlar 15-asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelishgan (nomi shundan olingan). Tabiatda Kanar, Madeyra va Azor orollarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 12-14 santimetr. Narining patlari sarg’ish-yashil, modasi yashil. O’rmon, bog’va butazorlarda yashaydi. Daraxtlarda uya yasab, 3-5 tagacha tuxum qo’yadi. Bir yilda 2 marta jo’ja ochadi. O’simliklar urug’i va mevalari bilan oziqlanadi. Yaxshi sayragani uchun xonadonlarda ham boqiladi. Kanareykaning har xil sayroqi va dekorativ (Kokildor, jingalak patli, bukri) zotlari chiqarilgan. Yovvoyi Kanareyka har u xil ovozlarga taqlid qila oladi.