Ofset bosma mashina
Ofset bosma mashina – bosma mashinanknt bir xili; unda bosma qolip (forma)dagi bo’yoq rezina tsilindrga, undan esa qog’oz (yoki bosma material)ga o’tadi. Asosan, tekis bosmala qo’llaniladi. AQSh da 1905 yil yaratilgan. Oddiy Ofset bosma mashina 3 tsilindr: qolip, ofset (rezina qoplamali) va bosma tsilindrlardan iborat. Ofset bosma mashinaning 1,2 va ko’p bo’yoqli; listli va rolikli xillari bor. 2 bo’yoqli Ofset bosma mashinada ikkita qolip F, va F2,2 ofset tsilindri O, va O2, 2 ta bo’yoq apparati K, va K2, 2 ta ho’llovchi apparat u! va U2 hamda bosish tsilindri P bor. Qog’oz o’zi taxlovchi moslama S dan uzatiladi. Tayyor nusxalar transportyor T bilan qabul qiluvchi stapel PS ga uzatiladi. Ofset bosma mashina afzalligi: ko’p bo’yoqli nashrlarni tez bosish mumkin, har xil silliqlikdagi qog’ozlarga ham bosilaveradi, bosma qoliplari kam yeyiladi.