ASTRONOMIK GEODEZIYA

ASTRONOMIK GEODEZIYA – geodeziyaning ma’lum tarmoqlarini qurish nazariyasini hamda usullari va yerning shakli, o’lchamlari va gravitatsion maydonini o’rganadigan bo’limi. Astronomik geodeziya Yer yuzasida va Yer yaqinidagi fazoda o’tkazilgan astronomik, geodezik va gravimetrik o’lchashlar asosida geodeziyaning asosiy ilmiy muammolarini hal etadi. Astronomik geodeziyaga nazariy geodeziya va yo’ldosh geodeziya bo’limlari kiradi.