ASTRONOMIK KOORDINATALAR

ASTRONOMIK KOORDINATALAR — ixtiyoriy yoritkichning osmon sferasidagi vaziyatini aniqlash uchun qo’llaniladigan sistemalar. Sfera sirtidagi har qanday nuqtaning vaziyati asosiy deb qabul qilingan biror katta aylanada (markazdan o’tuvchi) yotuvchi yoy va unga nisbatan olingan perpendikulyar yoy bilan to’la aniqlanadi. Asosiy aylana tekisligiga markazdan o’tuvchi perpendikulyar chizilsa, u bilan osmon sferasining shimoliy yarim shari kesishgan nuqtani maxsus nuqta sifatida qabul qilib, bu nuqtadan va yoritqichdan yordamchi katta aylana o’tkazish ekvotori mumkin (sfera sirtida har qanday 2 ta nuqtadan faqat bitta katta aylana o’tadi). Yordamchi va asosiy aylanalar kesishgan nuqta bilan yoritqich orasidagi yoy aynan perpendikulyar hisoblanadi. Osmon sferasining qaysi aylanasi asosiy deb olinishiga qarab Astronomik koordinatalar sistemalari 4 turga bo’linadi: gorizontal, ekliptik, ekvatorial koordinatalarning 1-va 2-sistemalari. Karomat Mirtojiyeva.