Orqa miya so’xtasi
Orqa miya so’xtasi – zaxm kasalligining uchinchi yoki to’rtinchi davrida orqa miyaning orqa ildizi va orqa ustunlarida ro’y beradigan degenerativ o’zgarishlar. Bunda bemor muvozanatini yo’qotadi, yurganida oyoqlarini keng tashlab, ko’zi bilan kuzatib bosadi, ko’zini yumishga to’g’ri kelsa, gandiraklab yiqilib tushishi ham mumkin. So’xtaning oxirgi bosqichida butunlay yura olmay qoladi. Bundan tashqari, pay reflekslari yo’qoladi, bo’g’imlar kechasi qattiq og’riydi, ko’zning ko’rish layoqati susayadi.