Ofoqxo’ja

Ofoqxo’ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston — 1695, Qo’qon qishlog’i, Kashqar viloyati) — Islom va tasavvuf ilmining yirik targ’ibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga o’tirgan xo’jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Mahdumi A’zamning avlodi. Ofoqxo’janing ismi Hidoyatullo bo’lib, u xalq orasida hurmat belgisi bo’lgan “Ofoq” (“yorug’ dunyo” yoki “yorug’lik egasi”) — Xuja nomi bilan mashhurdir. Ofoqxo’ja yoshligida otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638 yilda Qashqarga kelib, otasi vafotidan so’ng bu yerdagi oqtog’lik Xojalarga bosh bulgan. 1670 yilda Yorkend xonligida yuz bergan ichki kurashlar natijasida Ofoqxo’ja Qashqarni tark etib Turkiston shaxarlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va xeshi yulagidagi (Xesi-szoulan) viloyatlarda diniy targ’ibot ishlari bilan shug’ullangan. 1678 yilda Tibetda 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdagi budda dini vakillari bilan yaqin aloqada bo’lgan. 1680 yil Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681 yilda qalmoklar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga o’tqazilgan. Uning jasadi yog’du deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston “Ofoqxo’ja mozori” deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan. Abdulahad Xo’jayev.