Nozemalar

Nozemalar (Nosema) — mikrosporidiyalar tipiga mansub bir hujayralilar urug’i. 120 ga yaqin turi bor. Hayvon to’qimalari, organlari yoki organizmini zararlaydi. Tipik turi ipak qurti nozemasi sporanti 2 yadroli spora hosil qiladi. Tut ipak qurtida pebrina (qorason) kasalligi paydo qilib, qurtlarning yalpi qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Asalari nozemasi asalarida ichburug’ paydo qiladi; arilar oilasining yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Odam ham nozematoz bilan zararlanishi va halok bo’lishi mumkin.