Order

Order (me’morlikda) — me’moriy kurilmalardagi turli (vertikal va gorizontal) qismlarning o’zaro uyg’unligi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Vertikal qismi ustun (kolonna)dan iborat bo’lib, tana, kapitel (bosha) va poyustun, ba’zan pedestaldan tashkil topadi. Gorizontal (to’sin) qismi arxitrav, Friz va karnizni, ular birgalikda antablementni tashkil qiladi. Orderning mumtoz tizimi Yunonistonda paydo bo’lgan. Asosiy Orderlar yunon qabila va viloyatlarining nomlari bilan doriy, ioniy, Korinf orollari deb ataladi. Orderning dastlabki har xil tizimlari qadimgi Misr va Eron xalq me’morligida qo’llanilgan. Qadimgi Rimda shakllangan mumtoz Orderlar tizimi jahon me’morligining yuksalishiga katta hissa ko’shdi.