ATALA

ATALA — bug’doy, arpa yoki jo’xori unidan tayyorlanadigan taom. Atala parhez, shifobaxsh hisoblanadi. Kasal, holdan toygan, yangi ko’zi yorigan ayollarga Atala ichiriladi. Uni tayyorlash uchun qo’y yog’ini qozonda qizdirib, bug’doy uni solinadi va qizarguncha qovuriladi. Oz-ozdan suv solinib uzluksiz aralashtirib turiladi. Ayrim joylarda Atalaga qiyma, tuxum ham solinadi. Atala tayyorlashda 500 gramm un, 100 gramm qo’y yog’i, ta’bga ko’ra tuz solinadi.