ATBARA
ATBARA (Arabcha — Bahr-al-Asvod) — Sudan va Efiopiyadagi Daryo, Nilning o’ng irmog’i. Uzunligi 1120 kilometr. Efiopiya tog’ligining shimoliy chekkasidan boshlanadi. Asosan Sudan platosidan oqadi. Suv sarfi o’zgarib turadi (700 metr kub/sekunddan 2200 metr kub/sekundgacha), quyi qismida qurg’oqchil davrlarda butunlay qurib qoladi. Yog’ingarchilik paytlarida (iyun-sentabr) daryoda suv ko’payib, kemalar qatnaydi. Nilga quyilish joyida Atbara shahri bor. GES qurilgan.