ATERINASIMONLAR
ATERINASIMONLAR (Atheriniformes) — suyakli baliklar kenja turkumi. Uzunligi 4-50 santimetr. Karpsimonlar va sargansimonlarga qarindosh, Jabra pardasi 5-7 nurli, burun teshigi bir juft, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari yirik, tsikloid, ba’zan ktenoid tipida, yon chiziqlari kucheiz rivojlangan. Aterinasimonlar 5 oila, 40 urut va 180 to’rni o’z ichiga oladi. Chuchuk, sho’rlangan va dengiz suvlarida, asosan tropik va subtropik suv havzalarida uchraydi. Tirik tugadigan Aterinasimonlarning anal va jinsiy teshiklari, shuningdek kuyikish organi tomog’ida joylashgan. Tuxum qo’yib ko’payadigan Aterinasimonlar suv tubiga yoki o’simliklarga yirik tuxumlarini qo’yadi. Tuxumlardan tez orada baliqchalar chiqadi. Kaliforniya Aterinasimonlar (Jeuresthes tenuis) suv ko’tarilgan paytda tuxumlarini qirg’oq yaqinidagi qumga ko’mib qo’yadi, suv qayta ko’tarilgunicha tuxumlardan yosh baliqchalar rivojlanib chiqadi. Qora va Azov dengizlarida Janubiy Yevropa aterinasi (Atherina boyeri), Kaspiy va Orol dengizlarida, Uzboy o’zanidagi ko’llarda Kaspiy aterinasi (A. boyeri kaspia) tarqalgan. Kaspiy aterinasi mayda, uzunligi 10 santimetrgacha, har xil 0441 (7-36% gacha va undan ham yuqori) suvlarda yashaydi. Zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim Aterinasimonlar ovlanadi yoki akvariumlarda boqiladi.