Qaychi

Qaychi — turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Dastlabki Qaychi bir-biriga egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikki pichoqdan iborat bo’lgan, hozirgi Qaychilarga o’xshash (sharnirli biriktirilgan 2 pichoqdan iborat) Qaychi miloddan avvalgi 8-asrda yaqin Sharqda yaratilgan va asta-sekin takomillashtirib borilgan. Hunarmandchilik (kosibchilik, tikuvchilik, tunukasozlik, bog’dorchilik va boshqalar kasblar) rivojlangan sari Qaychining turi ham ko’paya borgan (chevarlar Qaychisi, tok Qaychi, tunuka Qaychi va boshqalar). Sanoat rivojlana boshlagach (18-asr 60-yillaridan boshlab), mexanik Qaychilar paydo bo’ldi. Keyinchalik (19-asr 30-40- yillari) elektr Qaychilar yaratildi. Hozir Qaychining dastaki, mexanik va elektr turlari mavjud. Dastaki Qaychi bilan mato, qog’oz va boshqalar materiallar kesiladi. Uning ro’zg’orda, chilangarlikda, tunuka qirqishda, tikuvchilikda, tibbiyotda va boshqalar maqsadlarda ishlatiladigan xillari bor. Mexanik Qaychi turli materiallarni qirqish uchun mo’ljallangan Qaychili qurilmalar, disksimon hamda to’g’ri pichoqlari bo’lgan muqim (Statsionar) va ko’chma qurilmalardan iborat. Bularga stul va richagli qurilmalar kiradi. Stul qurilma dastaki Qaychidan yuqori dastasining uzunligi (400-800 millimetr), pastki dastasi to’g’ri burchak ostida egilib, uchi o’tkirligi bilan farq qiladi. Ular bilan 2-3 millimetrgacha qalinlikdagi metallar kesiladi. Richagli qurilma ikkita cho’yan stoyak va stoldan iborat. Stolga yon tomonidan qo’zg’almas pichoq biriktirilgan, richagga ustki pichoq mahkamlangan. Kesiladigan list planka bilan richagga qisiladi. Richagli qurilma bilan 2-3 millimetrgacha qalinlikda va 1050 millimetr uzunlikdagi metall listlar kesiladi. List va polosa materiallar, trubalar, shakldor prokat profilli trubalar va boshqalar materiallar kuchliroq elektr Qaychilar bilan kesiladi. Bular ish organlarining tuzilishiga qarab, gilotin (parallel), alligator (richagli), diskli va boshqalarga bo’linadi. Ular yordamida 60 millimetrgacha qalinlikdagi po’lat listlarni, 170 millimetrgacha diametrli doira prokatlarni kesish mumkin.