Qozixona
Qozixona — qozi tomonidan sudlov ishlarini amalga oshiradigan mahkama. Shariatga ko’ra, Qozixonalar masjid qoshida bo’lishi kerak bo’lsada, ko’pgina sudlov ishlari qozilarning uylarida, bozor kunlari esa bozorlarda ko’rilgan. O’rta Osiyo hududidagi xonliklarning har bir dahasida Qozixona bo’lgan. 1917 yildan keyin Qozixonalar xalq sudlari nazoratida ishlagan. O’zbekistonda 1925 yilda 87 ta, 1926 yilda 27 ta, 1927 yilda 8 ta Qozixona bo’lgan. 1928 yilda Qozixonaga ehtiyoj qolmagan. Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham Qozixonalar faoliyat ko’rsatadi.