Qorategin tizmasi
Qorategin tizmasi – Hisor tizmasining janub tarmog’i. Tojikiston hududida. Janubi-g’arbdan shimoli-sharqqa 130 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 4890 metr (Dushoho cho’qqisi). Tizmada Kofarnihon va Vaxsh daryolari vodiylarini bog’lovchi bir qancha dovon (Sebedara, 2702 metr, zarkamar, 3274 va boshqalar) bor. Asosan, vulkanik tog’ jinslaridan (granit va boshqalar) tuzilgan. Yon bag’irlarida dasht o’simliklari o’sadi, butazorlar, eng baland joylarida subalp va Alp o’tloqlari bor.