Tunguska

Tunguska — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasidagi daryo. Amurning chap irmog’i Urmi va kur daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Quyi Amur pasttekisligidan oqadi. Uzunligi 86 kilometr (urmi bilan birga 458 kilometr). Havzasi maydoni 30,2 ming km2. Asosan, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyidan 37 kilometrda 380 m3/sekund. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Nikolaevka posyolkasigacha yog’och oqiziladi. Tunguskada muntazam ravishda kema qatnaydi.