Tripura
Tripura — Hindistonning shimoliy Sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 10,5 ming km2. Aholisi 3,2 million kishi (2001), aksari qismi bengallar. Ma’muriy Markazi va eng katta shahri — Agartala. Tripura Gangbraxmaputra deltasi havzasida joylashgan. Sharqiy va Janubiy qismida Lushay tog’lari tarmoklari bor. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Tog’lar doim yashil va barg to’kuvchi tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Aholisi, asosan, dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Sholi, jut, paxta, shakarqamish ekiladi. Choy plantasiyalari bor. Qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mayda korxonalar mavjud.