Qanot

Qanot (aviatsiyada) — uchish apparati (samolyot, planyor, qanotli raketa va boshqalar)ning havo yordamida ko’tarish kuchi hosil qiladigan qismi. Uch proektsiyasi bo’yicha: plan bo’yicha (to’g’ri to’rtburchak, uchburchak, trapesiyasimon va boshqalar), yon tomonidan (qavariqbotiq, qo’sh qavariqnosimmetrik, qo’sh qavariqsimmetrik, 8simon, linzasimon, romb shaklli, ponasimon va boshqalar) va oldindan (V, \u, Msimon, qayrilma uchli, egri chiziqli va boshqalar) ko’rinishi bo’yicha farqlanadi. Qanot “o’zining” vazifasidan tashqari qo’shimcha vazifalarni ham bajaradi. Masalan, samolyot Qanoti ichiga yonilg’i baki, shassi g’ildiraklari, qo’zg’aluvchan aerodinamik sirtlarni ochibyopish simlari, salonni isitish va sovitish tizimlari, ba’zan esa dvigatellar va qurolyarog’lar joylashtiriladi. Uchish apparatining parvozi va qo’nishi paytida Qanot istalgan yo’nalishdagi havo va inersiya kuchlarini qabul qiladigan ichi bo’sh balka sifatida ishlaydi. Tovushdan sekin uchadigan apparatlarning Qanoti dyuralyuminiy, mustahkam po’lat, magnit va berilliyli qotishmalar, armaturalangan plastik materiallar va boshqalardan, engil samolyotlar va planyorlarning Qanoti, asosan, yog’och, fanera va mato (polotno) dan yasaladi. Tovushdan tez uchadigan samolyotlar va kosmik apparatlarning Qanoti vanadiy, tantal, volfram qotishmalari va boshqalar qiyin eriydigan issiqbardosh materiallardan tayyorlanadi.