Nabiyev Vali Nabievich

Nabiyev Vali Nabievich (1916.31.1 — G’ijduvon tumani — 1999.7.3) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi starshina. 16-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining 60-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar polki, 2-eskadron vzvod komandirining yordamchisi. 1936-38 yillarda armiya safida, Hasan ko’li yonidagi jangda qatnashgan. 1943 yil 18 sentabrda Dnepr daryosini birinchilardan bo’lib kechib o’tishdagi jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944 yil 15 yanvar). Urushdan keyin G’ijduvon shahrida yashagan. G’ijduvon tumanida kolxoz raisi, kolxozlararo maishiy xizmat ko’rsatish kombinatining boshlig’i lavozimlarida ishlagan. 2001 yl 9 mayda G’ijduvon tuman markazidagi Xotira maydonida byusti o’rnatilgan, ko’chalardan biriga Nabiyev nomi berilgan.