No’g’ay tili

No’g’ay tili — turkiy tillar oilasiga mansub, Rossiya Federatsiyasining Chechen Respublikasida, Stavropol (jumladan, Qorachoy-Cherkes Respublikasi) va Krasnodar o’lkalarining bir qator tumanlarida tarqalgan. Oqno’g’ay, no’g’ay, qorano’g’ay lahjalariga bo’linadi. 60 mingga yaqin kishi so’zlashadi. No’g’ay tili fonetik va grammatik xususiyatlari bilan qozoq va qoraqalpoq tillariga o’xshaydi, Masalan, umumturkiy “ch” va “sh” tovushlari No’g’ay tilida “sh” va “s”ga muvofiq keladi (No’g’ay tilidagi shiq va tas so’zlari boshqa turkey tillarda chiq va tash tarzida talaffuz etiladi). Adabiy No’g’ay tili 20-asrda shakllangan; uning ta’sirida dialektal farqlar yo’qolib bormoqda. Yozuvi 1924-28 yillarda Arab alifbosi, 1928-38 yillarda lotin alifbosi asosida bo’lgan; 1938 yildan esa rus grafikasi asosidagi alifbodan foydalaniladi.