“Qoraqalpog’iston yoshlari”
“Qoraqalpog’iston yoshlari” (“Qaraqalpaqstan jaslari”) — qoraqalpoq tilida chiqadigan haftalik gazeta. To’rtko’l shahrida chop etiladi. Muassislar — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog’iston bo’limi. Dastlab “Qaraqalpaq komsomollari” (1931), “jas Leninshi” (1931-92) nomlarida chiqqan. 1992 yildan hozirgi nomda. 2-jahon urushi yillarida gazeta faoliyati vaqtincha to’xtatilib, gazetaning vazifasi yetakchi nashr — “Qizil Qarakalpaqstan” gazeta “Komsomol turmyum” (“Komsomol hayoti”) bo’limi ochilib, uning zimmasiga yuklatilgan. 1950 yilning 1 iyulidan yoshlar gazetasi qayta nashr etila boshlagan. Gazeta tahririyatida “Maktublar va ommaviy ishlar” hamda “yoshlar hayoti va muammolari” bo’limlari faoliyat olib borib, har oyda “Zamandas” (“zamondosh”), “derman” (“Darmon”), “o’a-ha-ha” (“qahqaha”) klublari materiallari, shuningdek, “yoshlar ijodidan”,.”Shaxsiy fikr”, “ekologiya”, “Kamolot xabarlari”, “ahvoling qalay, qishloqdosh”, “davr va yoshlar” va boshqa ruknlarda maqolalar chop etiladi. Adadi 6000 nusxa (2005). Nasriddin Nazarov.