Qamishli madaniyati
Qamishli madaniyati — Suvyorgan va Kaltaminor madaniyatlaridagi bosqichlardan biri. 1954-55 yillarda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Xorazm vohasida Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi bo’ylab tarqalgan Neolit makonlari turkumiga kiradi. Qamishli madaniyatida uyjoy qurish uslubi (ayniqsa, chaylalar) jihatdan Kaltaminor madaniyati an’anasi davom ettirilgan. Makonlar ko’chki qum va to’qaylar xalaqit berganligi uchun Oqchadaryo deltasidan olisga tarqalmagan. Kvarsitdan ishlangan tosh qurollar (pichoqsimon parraklar, kamon o’qining bodomsimon shaklda ish- langan uchlari, nayza, pichoq), chaqmoqtosh qurollar va qum aralashtirilgan loydan yasalgan keng qorinli, bo’yni kalta, yelkasi bo’rtma gardishli xum va boshqalar sopol buyumlar topilgan. Qamishli madaniyatiga mansub qabilalar dehqonchilik bilan shug’ullangan.