Qolgandaryo
Qolgandaryo — Andijon viloyatidagi daryo. Qoradaryoning Andijon viloyati Baliqchi tumani va Namangan viloyati Norin tumanining Janubiy hududidan o’tgan qolgan o’zani. Daryoning chap sohiliga sho’r tuproq va qumoq erga qurilgan (1848-50) kanalni 1876 yildan Daryo suvi yuvib keta boshlagan. 1883 yil suv toshqini natijasida Qoradaryo tamoman kanalga oqa boshlagan. Daryo o’zani balandda qolib ketgan. Daryo Chinobod qishlogi yaqinida yana eski o’zaniga burib yuborilgan. Qoradaryoning shimolda qolib ketgan 20 kilometr uzunlikdagi o’zani Qolgandaryo nomi bilan atalgan va sizot suvlar bilan to’lgan. 20-asr boshlaridan buyon sholikorlikda foydalaniladi hamda yaylov xizmatini o’taydi. Ko’p qismi ekin maydonlariga aylantirilgan. Andijon viloyati shim.dan oqib keladigan Oqbo’ra daryosini Shahrixonsoy kesib o’tgan shimoliy tomondagi qolgan o’zani ham Qolgandaryo deb atalgan. Oqbo’ra oqovasi Shahrixonsoyga qo’shilib, uning o’zani qurib qolgan. Hozirgi Qolgandaryo o’rni Jalolquduq tumanining ekinzorlari orasida joylashgan. Endilikda sobiq o’zandan ariq oqib o’tadi.