Qir

Qir — atrofidagi yerlardan bir oz ko’tarilib turgan. yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolar. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq balandligi 200 metrdan 500 metrgacha deb qabul qilingan. Ba’zan bundan ham baland bo’lgan usti yassi past tog’lar ham Qir deyiladi. Masalan, O’rta Rossiya, Volgabo’yi, Qizilqum va Qoraqumdagi tog’lar. Qirlar baland tekisliklar, tog’larning oqar suv, shamol, nurash natijasida yemirilishidan, tektonik ko’tarilishlar natijasida hosil bo’ladi. Qirlardan O’zbekistonda chorva mollari uchun yaylov sifatida va bahorikor dehqonchilik qilishda foydalaniladi. Farg’ona vodiysi landshafti O’rta Osiyodagi tipik Qirlarga misol bo’ladi.