Qora-ola qoramol zoti
Qora-ola qoramol zoti – sut yo’nalishidagi qoramol zoti. Rossiyada 18-asrda turli zonalarda urchitilgan mahalliy zotni ostfriz, shved qora-ola va boshqa shunga o’xshash zotlar bilan chatishtirib chiqarilgan. Ushbu mintaqalarning aksariyatida o’zining yuqori sifatliligi va raqobatbardoshliligi bo’yicha r-nlashtirilgan zotlar salmog’ida birinchi o’rinni egallaydi. Jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq, elini katta. Tusi qora-ola. Buqalarining vazni 850-1000 kilogramm, sigirlariniki 500-650 kilogramm, yangi tug’ilgan buzoqlari vazni 32— 40 kilogramm. Sigirlarining sut sog’imi 3500-4500 kilogramm (sersut sigirlariniki 15-17 ming kilogramm). Go’sht mahsuldorligi yuqori (so’yim chiqimi 54-58%). Novvoslari 15-18 oyligida 480-550 kilogrammga yetadi. O’zbekistonga 1882-85 yillarda olib kelingan. 1930— 40 yillardan boshlab ular sof holda urchitilib, 1939 yildan ularni ko’paytiradigan xo’jaliklar tashkil etilgan. Mahalliy mollar bilan chatishtirishning dastlabki bosqichlarida “Toshkent atrofi qora-ola” tusli mollarning mahsuldor podalari shakllantirilgan. Bu zotni takomillashtirish ijobiy natijalar berdi va Toshkent, Farg’ona, Samarqand va boshqa viloyat xo’jaliklarida tez tarqaldi hamda rayonlashtirilgan zot deb qabul qilindi.