Qizilga siljish
Qizilga siljish (astronomiyada) — yorug’lik manbai spektridagi chiziqlar to’lqin uzunliklarining etalon manba spektri chiziqlari to’lqin uzunliklariga nisbatan uzayishi hodisasi. “Qizilga siljish” deb atalishining sababi bu hodisa tufayli spektrning ko’rinma qismidagi chiziqlar spektrning qizil tomoniga siljigan holda ko’rinishidir. Qizilga siljish, birinchidan, Doppler effekti natijasida, ya’ni yorug’lik manbai kuzatuvchiga nisbatan uzoqlashayotganda, ikkinchidan (gravitatsion Qizilga siljish), kuzatuvchi yorug’lik manbaiga nisbatan kichikroq gravitatsion potentsialli joyda turganda paydo bo’ladi.