Qozoq milliy universiteti
Qozoq milliy universiteti, Forobiy nomidagi qozoq milliy universiteti — Qozog’istondagi eng yirik oliy o’quv yurti. 1934 yil tashkil etilgan (1993 yilgacha qozoq davlat universiteti). Olmaota shahrida joylashgan. 1991 yil Forobiy nomi berilgan. Universitetda 14 fakultet (biologiya, fizika, mexanika-matematika, kimyo, jurnalistika, filologiya, tarix, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiyot va biznes, huquq, sharqshunoslik, xalqaro munosabatlar, geografiya, tayyorlov), 104 kafedra, 7 ilmiy tadqiqot instituti, aspirantura, talabalar saroyi, sport inshooti, nashriyot, teleradiostudiya bor (2005). 70 ixtisoslik bo’yicha Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan 30 ga yaqin ilmiy kengash faoliyat yuritadi. Universitetda 12 mingga yaqin talabi ta’lim oladi, mingdan ortiq o’qituvchi va ilmiy xodim, jumladan, 300 ga yaqin fan Doktori va professor, 800 dan ziyod fan nomzodi va dotsent ishlaydi. Gazeta nashr etadi.